empty
 
 

Bollinger Bands indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi

Bollindjer chiziqlari (polosalari) (Bollinger Bands, BB) – moliya bozorlarini texnik tahlil qilish vositasi bo'lib, u moliya vositasining narxlarini (aksiya, tovar yoki valyuta)ning joriy chetlashishlarini aks ettiradi.

Bollinger Bands indikatori oddiy sirpanuvchi o'rtachadan standart og'ishi asosida hisoblanadi. Odatda narx grafigining ustadi akslanadi.

Bollindjer polosalari (Bollinger Bands, BB) Envelopes yoki Konvertlar indikatoriga o'xshash. Ular o'rtasidagi farq shundan iboratki, bunda Savdo Polosalari (Envelopes) sirpanuvchi o'rtachaning egri chizig'idan yuqorida va pastda foizlarda hisoblangan, qayd etilgan masofada joylashadi, ayni paytda Bollindjer Polosalari indikatorining chegaralari standart cheklanishlarning ma'lum bir soniga teng masofalarda quriladi. Standart chetlashishning kattaligi o'zgaruvchanlikka bog'liq bo'lgani uchun Bollinger polosalari o'zining kengligini o'zi belgilaydi: bozor nobarqaror bo'lganda u kattalashtiriladi, va anqa barqaror davrlarda kamaytiriladi.

Bollinger Bands odatda narx grafigiga qo'yiladi, biroq indikator grafigiga ham qo'yilishi mumkin. Huddi Envelopes, holidagi kabi, Bollinger Bands indikatorining talqin etilishi narxlarning plosaning yuqori va quyi chegaralari doirasida qolishi xosligiga asoslangan. Bollindjer polosalarining indikator sifatidagi farq qiluvchi xususiyat narxlarning o'zgaruvchanligiga bog'liq bo'lgan ularning o'zgaruvchan kengli hisoblanadi. Katta narx o'zgarishlari davrida (ya'ni yuqori o'zgaruvchanlikda) polosalar narxlarga kenglik berib kengayadi. Turg'unlik davrlarida) ya'ni o'zgarish past darajada bo'lganda) Bollinger polosalari narxlarni o'z chegaralari doirasida tutib qolib, torayadi. Bu indikatorning xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. O'zgaruvchanlik pasayganiga mos keluvchi polosaning torayishidan so'ng odatda yuz beruvchi narxlarning keskin o'zgarishlari.

2. Agar narxlar polosa chegarasidan chiqib ketsa, u holda joriy tendensiyaning davom etishini kutish mumkin.

3. Agar polosa chegarasidan tashqarida cho'qqilar va chuqurliklar ortida polosa ichkarisida cho'qqilar va chuqurliklar kelsa, tendensiyaning orqaga burilishi yuz berishi mumkin.

4. Polosa chegaralarining biridan boshlgangan narxlarning harakati odatda qarama-qarshi chegaragacha etadi.

Oxirgi kuzatish narxlarni mo'ljallashni tahlil qilish uchun foydalidir.

bollinger bands

Hisoblash

Bollindjer indikatorining polosalari uchta chiziqdan shakllanadi. O'rta chizig'i (MIDDLE LINE, ML) – bu oddiy sirpanuvchi o'rtacha.

ML = SUM [CLOSE, N]/N

Yuqori chizig'i (TOP LINE, TL) – xuddi o'sha o'rta chizig'i, faqat standart cheklanishlar (D)ning ma'lum bir soniga yuqori tomon ko'chirilgan.

TL = ML + (D*StdDev)

Pastki chizig'i (BOTTOM LINE, BL) – bu o'rta chizig'i, standart cheklanishlarning o'sha soniga pastga tomon ko'chirilgan.

BL = ML – (D*StdDev)

Bu yerda:

SUM (..., N) – N davrlar uchun yig'indi;

CLOSE – yopilish narxi;

N – hisoblash uchun foydalaniladigan davrlar soni;

SMA – oddiy sirpanuvchi o'rtacha;

SQRT – ildizosti;

StdDev – standart cheklanish:

StdDev = SQRT(SUM[(CLOSE – SMA(CLOSE, N))^2, N]/N)

O'rta chiziq sifatida 20 davrli oddiy sirpanuvchi o'rtacha qiymatidan va polosa chegaralarini hisoblash uchun 2 ta standart og'ishlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, uzunligi 10 davrdan kam sirpanuvchi o'rtachaning samaradorligi kam.

   Indikatorlar ro'yxatiga qaytish   
Indikatorlar ro'yxatiga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.