Shuningdek qarang
Tovarar kanalining indeks Commodity Channel Index (CCI) texnik indikatori vosita narxning o'rtacha statistik narxidan og'ishini o'lchaydi. CCI indikatorining yuqori qiymatlari narx o'rtacha narxdan ancha yuqori ekanini, past qiymatlari esa u haddan ortiq pasaytirilganini ko'rsatadi. Nomiga qaramasdan, Commodity Channel Index har qanday moliya vositasiga nisbatan qo'llanishi mumkin.
Commodity Channel Index indikatoridan foydalanishning ikkita asosiy yo'li mavjud:
1. Farqlarni izlash uchun
Narx yangi maksimumga etganda, Commodity Channel Index (CCI) esa avvalgi maksimumlardan yuqoriroq chiqishi imkoni bo'lmaganda farq paydo bo'ladi. Bunday klassik farqdan so'ng odatda narxga tuzatish kiritiladi.
2. Ortiqcha xarid qiliganlik/ortiqsa sotilganlik indikatori sifatida
Commodity Channel Index tovar kanali (CCI) indeksi odatda ±100 oralig'ida tebranib turadi. Q100 dan yuqori qiymatlar ortiqcha xarid qilinganlik holati (va tuzatiluvchi pastga tushish ehtimoli) to'g'risida, -100 dan past qiymatlar esa ortiqcha sotilganlik holati (va tuzatiluvchi ko'tarilish ehtimoli) to'g'risida dalolat beradi.
Hisoblash
1. Tipik narxni topish. Buning uchun har bir barning maksimumi, minimumi va yopilish narxini qo'shish va yig'indini 3 ga bo'lish kerak:
TP = (HIGH + LOW + CLOSE)/3
2. N davrli oddiy sirpanuvchi o'rtachaning o'rtacha tipik narxlarini hisoblash:
SMA(TP, N) = SUM[TP, N]/N
3. Avvalgi har bir n davrning tipik TR narxidan hosil bo'lgan SMA(TP, N)ni ayirish:
D = TP – SMA(TP, N)
4. N davrli sirpanuvchi o'rtachani D absolyut qiymatlarini hisoblash:
SMA(D, N) = SUM[D, N]/N
5. Olingan SMA (D, N)ni 0,015 ga ko'paytirish:
M = SMA(D, N) * 0,015
6. M ni D ga bo'lish:
CCI = M/D
Bu yerda:
HIGH – barning maksimal narxi;
LOW – barning minimal narxi;
CLOSE – yopilish narxi;
SMA – oddiy sirpanuvchi o'rtacha;
SUM – yig'indi;
N – hisoblash uchun foydalaniladigan davrlarning miqdori.