Shuningdek qarang
Demarkning Texnik Indikatori (DeMarker, DeM) joriy barning maksimumi avvalgisining maksimumi bilan taqqoslanishi asosida quriladi. Agar joriy barning maksimumi yuqori bo'lsa, u holda tegishli farq qayd etiladi. Agar joriy bar maksimumi avvalgi barning maksimumiga teng yoki undan kichik bo'lsa, u holda nol qiymati qayd etiladi. Keyin n davr ichida shu tarzda olingan farqlar qo'shiladi. Olingan qiymat DeMarker indikatorining surati bo'lib qoladi va usha miqdor plyus avvalgi va joriy barlarning narx minimumlari orasidagi ayirmaning yig'indisiga bo'linadi. Agar joriy narx minimumi avvalgi barda bo'lganidan katta bo'lsa, u holda nol qiymati qayd etiladi.
DeMarker indikatorining ko'rsatishlari 30 belgidan pastga tushganda narxlarning yuqori tomon ko'tarilishi kuzatiladi. Indikatorning ko'rsatkichlari 70 belgidan yuqoriga ko'tarilganda narxlarning pastga tomon harakatlanishi kuzatiladi.
Hisoblashning yanada uzoq muddatlaridan foydalanish bozorning rivojlanishida uzoq muddatli yo'nalishdan foydalanishga imkon beradi. Qisqa davrli indikatorlar eng kam xatarli nuqtada bozorga kirishga va bitim tuzish vaqtini u asosiy yo'nalish o'zanida bo'ladigan qilib rejalashtirishga imkon beradi.
i intervalidagi DeMarker indikatorining qiymati quyidagicha hisoblanadi:
DeMax (i) hisoblanadi:
Agar HIGH (i) > HIGH (i - 1) , unda DeMax (i) = HIGH (i) - HIGH (i - 1), aks holda DeMax (i) = 0
DeMin (i) hisoblanadi:
Agar LOW (i) < LOW (i - 1), unda DeMin (i) = LOW (i - 1) - LOW (i), aks holda DeMin (i) = 0
Demark Indikatorining qiymatini hisoblanishi:
DMark(i) = SMA(DeMax, N)/(SMA(DeMax, N)+SMA(DeMin, N))
Bu yerda:
HIGH (i) — joriy barning maksimal narxi;
LOW (i) — joriy barning minimal narxi;
HIGH (i - 1) — avvalgi barning maksimal narxi;
LOW (i - 1) — avvalgi barning minimal narxi;
SMA — oddiy sirpanuvchi o'rtacha;
N — hisob uchun foydalaniladigan davrlar soni.