Shuningdek qarang
Envelopes texnik indikatori (Konvertlar), yoki Aylanib o'tuvchi chiziqlar ikkita sirpanuvchi o'rtacha bilan shakllantirilib, ulardan biri yuqoriga siljigan, ikkinchisi - pastga siljigan bo'ladi. Polosa chegaralari siljishining optimal nisbiy kattaligini tanlash bozorning o'zgarishiga qarab belgilanadi: o'zgarish qancha yuqori bo'lsa, siljish ham shuncha katta bo'ladi. Shunday qilib Envelopes narxlar ko'p vaqt davomi ichida bo'ladigan egiluvchan kanallarni yaratish uchun qo'llaniladi.
Narx polosasining yuqori chegarasiga etganda - bu sotish uchun ishoradir, narx polosasining pastki chegarasiga etganda - bu xarid qilish uchun ishoradir.
Envelopes indikatori quyidagi tamoyil bo'yicha ishlaydi: har qanday tebranishlardan so'ng narx doim asosiy trendga qaytadi. Shuning uchun ko'pchilik treyderlar mazkur vositada mashhur Bollindjer polosalari variatsiyasini ko'rishadi. Biroq bu indikatorlar orasida jiddiy farqlar mavjud. Narx o'z kanalidan qanchalik ko'proq uzoqlashsa, shuncha ko'p treyderlar foydani qayd etishadi, va narx avvalgi darajasiga qaytadigan payt shunchalik yaqin bo'ladi.
Upper Band = SMA(CLOSE, N)*[1+K/1000]
Lower Band = SMA(CLOSE, N)*[1-K/1000]
Bu yerda:
SMA - oddiy sirpanuvchi o'rtacha;
N - o'rtachalash davri;
K/1000 - o'rtachadan chetlashish (foizning o'ndan biri ulushlarida).