Shuningdek qarang
Sirpanuvchi O'rtachalarning Yaqinlashishi/Tarqalishi Texnik Indikatori (Moving Average Convergence/Divergence, MACD) — bu tendensiyadan keyingi keluvchi dinamik indikator. U sirpanuvchi ikki o'rtachalar narxi orasidagi nisbatni ko'rsatadi.
MACD Texnik Indikatori davrlari 12 va 26 bo'lgan ikki eksponensial sirpanuvchi o'rtachalar (EMA) orasidagi nisbatni ko'rsatadi. Xarid qilish yoki sotish uchun MACD grafigiga signal chiziqlari - indikatorning 9 davrli sirpanuvchi o'rtacha qiymati o'tkaziladi.
MACD bozor savdo koridorida katta amplituda bilan tebrangan sharoitda eng ko'p samara beradi. MACDning eng ko'p foydalaniladigan signallar - bular kesishmalar, ortiqcha xarid qilinganlik/ortiqcha sotilganlik holatlari va tarqalishlardir.
MACD yordamida savdo qilishning asosiy qoidasi indikatorning o'z signal chizig'i bilan kesishishlarida qurilgan: Moving Average Convergence/Divergence signal chizig'idan pastga tushganda - sotish lozim, signal chizig'idan yuqori ko'ratilganda esa xarid qilish kerak. Xarid qilishga/sotishga signal sifatida MACDning yuqoriga/pastga nol chizig'i bilan kesishishlari ham foydalaniladi.
Ortiqcha xarid qilinganlik/ortiqcha sotilganlik holatlari Moving Average Convergence/Divergence shuningdek ortiqcha xarid qilinganlik/ortiqcha sotilganlik indikatori tarzida qimmatlidir. Qisqa sirpanuvchi o'rtacha uzunidan jiddiy darajada yuqoriga ko'tarilsa (ya'ni MACD o'ssa), bu holat qaralayotgan vositaning narxi haddan ortiq yuqoir qo'yilganini va tez orada haqiqiy darajasiga qaytishini anglatadi. Tarqalishlar MACD va narx orasidagi farq paydo bo'lsa, bu joriy tendentsiya tez orada tugashi mumkinligini anglatadi. Narx yangi maksimumlarga etganda, MACD esa ularga eta olmaganda bukacha tarqalish vujudga keladi. Narx yangi minimumlarga etganda, indikator esa unga yetmaganda ayiq yaqinlashishi yuzaga keladi. Agar bu ikkala farqlanish ortiqcha xarid qilinganlik/ortiqcha sotilganlik sohalarida shakllansa, bu farqlanishlarning ikkala turi ham juda ahamiyatli bo'ladi.
Moving Average Convergence/Divergence Texnik indikatori 26 davrli eksponensial sirpanuvchi o'rtachadan 12 davrlini ayirish yo'li bilan aniqlanadi. Keyin MACD grafigiga punktir chiziq bilan 9 davrli oddiy sirpanuvchi o'rtacha chiziladi, bu chiziq signal chizig'i vazifasini bajaradi.
MACD = EMA(CLOSE, 12)-EMA(CLOSE, 26)
SIGNAL = SMA(MACD, 9)
Где:EMA - eksponensial sirpanuvchi o'rtacha
SMA - oddiy sirpanuvchi o'rtacha
SIGNAL - indikatorning signal chizig'i