empty
 
 
Foreks-treydingning barcha ranglari

Foreks-treydingning barcha ranglari

Foreks bozorida treyding allaqachonlardan beri valyutalar kurslari farqida oddiy chayqovchilik qilidan qoldi. Bizning davrimizda klassik investitsiya kiritish Foreks-bozorida mustahkam o'rnashibgina qolmay, balki "investitsiyalar" tushunchasi doiralarining o'zi ham kengayib ketdi. Bugungi kunda kompyuteri va Internetga kirish imkoniyati bo'lgan har bir kishi treydingning PAMM-tizimi va InstaCopy-tizimi kabi texnologiyalari vositasida natija uchun to'la mustaqil javob berib ham, tajribali va muvaffaqiyatga erishgan treyderlarning xizmatlaridan foydalanib ham Foreksda savdo qilishi mumkin. Qanday tizim bo'yicha ishlash kerakligini tanlash uchun tizimlar o'zaro turdosh bo'lsalar ham, biroq treyding falsafasining o'zi bir-biridan farq qiladi. Treyder PAMM-tizim ishtirokchisi bo'lib o'zi tanlagan boshqaruvchi treyderning savdosiga mablag'larni investitsiyalaydi va uning savdosi samaradorligiga bog'liq holda komissiya olingan o'z foydasini oladi. InstaCopy tizimiga obuna bo'lishda treyderga haqiqiy vaqt rejimida u yoki bu muvaffaqiyatli treyderning investor tomonidan nusxasini ko'chirish uchun tanlab olingan bitimlari taqdim etidi. Shunday qilib, treyder mustaqil ravishda, lekin ancha tajribali va samarali boshqa treyderning andozasi bo'yicha savdo qiladi. Bu holda treyding bilan parallel ravishda o'qitish jarayoni ham kechadi, bitimlarni amalga oshirishning tamoyillarini asta-sekin tushuna borish ham keladi. Biroq InstaCopy tizimi ishtirokchisining savdoga sarflaydigan vaqti PAMM-tizim ishtirokchisi sarflaydigan vaqtdan ancha ko'p bo'ladi.



Agar Siz klassik mustaqil treydingdan chetlashishga va mazkur tizimlardan biridan foydalanishga qaror qilgan bo'lsangiz, u holda dastavval o'zida mazkur tizimlarning borligi to'g'risida ma'lum qilib qolmay, balki tizim ichidagi ishlarning ishonchliligi va sifatini ta'minlashi to'g'risida ham xabar beruvchi brokerni tanlash zarur. Bundan tashqari, broker yirik kompaniya bo'lishi kerak, chunki faqat yirik brokerlargina zarur hajmdagi tredyer bazasi bo'lib, undan PAMM yoki InstaCopy-tizimlarining har bir ishtirokchisi o'ziga boshqaruvchi treyderni tanlab olishi yoki bitimlaridan nusxa ko'chirib olish treyderni tanlab olishi mumkin. PAMM-tizim ancha katta mashhurlikka erishishga ulgurdi: mazkur tizimni butun dunyodagi kamida 10 ta yirik Foreks-brokerlar taklif etishadi. InstaCopy-tizimiga kelsak, bu tizim yaqinda paydo bo'ldi va birinchi marta xalqaro InstaTrade brokeri tomonidan 2012 yilning boshida taqdim etildi. Ayni paytda, InstaCopy bilan ishlashning to'la funksional versiyasini va ishlashning keng imkoniyatlarini faqat InstaTrade kompaniyasi taklif etmoqda. Shuningdek, InstaTrade broker birinchilar qatori PAMM-tizimni ishga tushirdi, bu tizim raqobatga qaramay o'z mijozlariga mazkur xizmatni taklif etuvchi boshqa brokerlar ichida alohida ajralib turadi. Shunday qilib, agar Siz treyding tom ma'noda investitsiyalar tushunchasiga javob berishi kerak, deb qaror qilgan bo'lsangiz, u holda Siz InstaTrade kompaniyasini tanlang.

Birovning omadi kelganiga bog'liq bo'lib qolishni istamaganlar uchun InstaTrade broker boshqa yana ham qiziqarli va noyob tizimni — binar opsionlardan kun ichida savdo qilish tizimini taklif etadi. Binar Foreks-opsionlar valyuta bozorida klassik moliya vositalari bilan savdo qilishdan tavakkalchiliklarning shaffofligi bilan ancha ajralib turadi. Birja derivativini sotib olishda mumkin bo'ladigan yo'qotishlar, uning qiymatiga teng, foyda esa bitimni tuzish oldidan osongina hisoblanadi. InstaTrade kompaniyasi opsionning minimal qiymati 1 USD, 11 ta valyuta vositalari bo'yicha ortishga va pasayishga bitimlar tuzishni taklif etadi. Kun ichida sotib oligan opsionlar miqdori hech narsa bilan cheklanmagan, sof foyda esa investitsiya qilinayotgan mablag'larning 80%ini tashkil etishi mumkin. Opsionlarda savdo qilishning mohiyati oddiy: agar bitim yutuq beradigan bo'lsa, u holda Sizning savdo hisob-varag'ingizga bitimning to'liq qiymati foyda bilan birga qaytib keladi, agar yutqizilsa - hisob-varag'idan opsionning faqat qiymati hisobidan chiqariladi. Sizning zararlaringiz doim mukofotning kattaligi bilan cheklanadi, bu esa harajatlarni nazorat qilishga va xatarlarni boshqarishga imkon beradi.

Shunday qilib, zamonaviy treyder kunlarini va kechalarini terminal oldida o'tkazishi shart emas – aksincha, ko'proq bo'sh vaqt ajratib, o'zi dam olayotganda pullari ishlaydigan haqiqiy investordek o'zini sezishi mumkin.

Honk Kong Business Magazine, 2012 yil, Noyabr
Orqaga

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.